Pixar multfilmi kinoprokatda katta muvaffaqiyatga erishdi

Madaniyat1 daqiqa o'qish7.2K
Pixar multfilmi kinoprokatda katta muvaffaqiyatga erishdi

Pixar studiyasining yangi "Pryguny" animatsion filmi kinoprokatda kutilganidan ham yuqori natija ko'rsatdi. Film ilk dam olish kunlaridayoq dunyo bo'ylab 88 million dollar daromad keltirishga muvaffaq bo'ldi. 150 million dollarlik byudjetga ega bo'lgan ushbu kartina tanqidchilar tomonidan iliq kutib olindi va Rotten Tomatoes platformasida 94 foiz ijobiy bahoga ega bo'ldi. Tomoshabinlar ham multfilmni yuqori baholab, CinemaScore reytingida "A" darajasini berishdi. Bu natija studiya uchun 2017 yilda chiqqan "Tayna Koko" loyihasidan keyingi eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi. Bu haqda rozetked.me xabar beradi.

Ayni vaqtda kinoprokatda boshqa bir yirik loyiha – rejissyor Meggi Djillenxolning "Nevesta!" filmi aksincha, moliyaviy muammolarga duch keldi. Kristian Beyl va Jessi Bakli bosh rollarni ijro etgan ushbu dahshatli janrdagi film dunyo bo'ylab atigi 13,6 million dollar yig'a oldi. Byudjeti 80 dan 90 million dollargacha bo'lgan kartina tanqidchilar tomonidan past baholanib, Rotten Tomatoes saytida 59 foiz, tomoshabinlar orasida esa "C+" reytingini oldi. Mutaxassislarning fikricha, "Warner Bros." studiyasi ushbu loyiha sababli o'nlab million dollar zarar ko'rishi mumkin. Bu holat "Nevesta!" filmini 2026 yilning ilk yirik moliyaviy omadsizliklaridan biriga aylantirishi mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?