
Ansambl Boltiq mamlakatlarining Vilyandi, Paide, Saue, Kurasara, Narva, Xyuma, Alaskivi, Voru, Tallin, Xelsinki va Riga shaharlarida konsertlar, mahorat darslari va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish bilan birga, Finlyandiya, Latviya va Estoniyada nishonlangan Navro‘z tantanalarida maxsus ijodiy dasturlar bilan ishtirok etdi.

Safarning eng yuqori nuqtasi esa Estoniyaning Xyuma orolida hamda Pepsi ko‘li yaqinida joylashgan Alaskivi qasrida bo‘lib o‘tdi. Kechada ansambl tomonidan ijro etilgan «Shoshmaqom», Buxoro hududiga xos hamda xalq va bastakorlik asarlari, shuningdek, mohir oshpaz Bahriddin Chustiy tomonidan tayyorlangan milliy taomlar mehmonlarni lol qoldirdi.

Ushbu konsert safari Pro Logistic Services kompaniyasi homiyligida tashkil etilib, Estoniyaning MUUILMAMUUSIKA tashkiloti hamda O‘zbekistonning OXUS Culture tashkiloti hamkorligidagi uchinchi konsert loyihasi hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar