date
views 17 289

​Dilfuza Ismoilova Ahmadboyga chuv tushgani haqida gapirdi

​Dilfuza Ismoilova Ahmadboyga chuv tushgani haqida gapirdi
Xonanda Dilfuza Ismoilova jurnalist Jasur Hamroyevga bergan intervyusida muxlislarini qiziqtirgan savollarga javob berdi. Bu haqda «Darakchi.uz» xabar bermoqda.

Xususan, muxlislardan biri Dilfuza Ismoilovaga savol bilan murojaat qilib, Ahmadboy haqidagi videorolikda u Ahmadboyni maqtagani haqida gapirar ekan, xonandadan “Ahmadboyga pul berganmisiz?” deb so‘radi.

“Ahmadboy bizni har doim to‘yga aytardi. Hech yomonligi tegmagan. Bizni har doim to‘yga aytardi. Shuning uchun uni maqtab, duo qilib qo‘yganmiz”, — deydi Dilfuza Ismoilova.

“Ahmadboyga pul bermaganman. Mashina bergandim. Mashinaga kuydim. Uyam bir inson. Beayb Parvardigor. Do‘stga ham dushmanga ham aytadiganim, omadini bersin!”, — deb so‘zlarini davom ettiradi xonanda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Dilfuza Ismoilova Ahmadboyga chuv tushgani haqida gapirdi