
Bunga loyihadan aktyor hamda rejissyor Silvestr Stallonening ketganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
«Tutqich bermas» filmi Stallonesiz bo‘lishi mumkin emas. Men hech qachon usiz filmga tushmayman», — deydi Shvarsenegger.
Stallone va prodyuserlar o‘rtasida filmning navbatdagi qismiga rejissyor tanlash hamda ssenariy borasida mojaro kelib chiqqan.
Stallone filmning bundan oldingi uchta qismida asosiy rol ijrochisi hamda ssenariy mualliflaridan biri bo‘lgan, shuningdek, filmning birinchi qismiga o‘zi rejissyorlik qilgan edi.
Shvarsenegger ham filmning bundan oldingi qismlarida asosiy personajlardan birini o‘ynagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, filmning to‘rtinchi qismini suratga olish ishlari avgust oyiga rejalashtirilgan, ammo aktyor hali ssenariyni o‘qimaganini, hatto ssenariy yozilganligiga ham ishonchi komil emasligini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar