Munisaning katta konserti qachon boʻladi? Xonanda javob berdi

Munisa Rizaeva so'nggi intervyusida katta koncert dasturini kelgusi yilga rejalashtirayotganini ma'lum qildi. Hozirda u ko'proq oila va farzandiga e'tibor bermoqda. U farzandi kattaroq bo'lganidan so'ng, muxlislariga unutilmas shou taqdim etishni niyat qilmoqda. Muxlislar esa uning sahnaga qaytishini sabrsizlik bilan kutmoqdalar.
Taniqli xonanda Munisa Rizayeva soʻnggi intervyularidan birida ijodiy rejalari haqida ochiqchasiga soʻz yuritdi. Uning maʼlum qilishicha, katta konsert dasturini tashkil etish ustida ish boshlangan boʻlib, mazkur shouni kelgusi yilga moʻljallamoqda.
Sanʼatkorning taʼkidlashicha, hozirgi vaqtda u koʻproq oilasiga eʼtibor qaratmoqda. “Xudo xohlasa, kelasi yilga konsert dasturimni rejalashtiryapman. Chunki bir yarim yil oldin ona boʻlganman. Hozir esa asosiy vaqtimni farzandim va oilamga bagʻishlayapman”, — dedi u.
Xonandaning aytishicha, farzandi biroz kattaroq boʻlganidan soʻng, u yana sahnaga qaytib, muxlislariga unutilmas va yuqori darajadagi shou taqdim etishni rejalashtirmoqda. “Ilohim, oʻgʻlim kattaroq boʻlsa, Xudo xohlasa, juda ham chiroyli, katta konsert dasturi bilan muxlislarimni quvontirish niyatim bor”, — deya qoʻshimcha qildi u.
Muxlislar esa bu yangilikni iliq kutib olib, xonandaning tezroq katta sahnaga qaytishini intizorlik bilan kutmoqda.






























Izohlar 0
…