date

Bibisora Assubayeva tanqidchilarga kutilmagan keskin munosabat bildirdi

Bibisora Assubayeva tanqidchilarga kutilmagan keskin munosabat bildirdi

22 yoshli qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assubayeva o‘zining Telegram kanalida auditoriya kengayishi bilan bog‘liq murakkabliklar hamda ijtimoiy tarmoqlardagi bosimlar haqida munosabat bildirdi. Sportchining aytishicha, Nomzodlar turniridan keyin obunachilar soni sezilarli darajada oshgan va bu kanalni avvalgidek “shaxsiy kundalik” tarzida yuritishni ancha qiyinlashtirgan.

Assubayeva o‘z sahifasida iliq va xotirjam muhitni saqlab qolish maqsadida salbiy fikr bildiruvchilarni hech qanday ogohlantirishsiz bloklashini ma’lum qildi:

“Katta auditoriya bilan birga doimo tanqid va negativ fikrlar ham paydo bo‘ladi. Faoliyatim davomida bunday holatlarga ko‘nikib ketganman, ammo aynan shu kanalda qulay muhitni saqlab qolishni istayman. Shu sababli menga nisbatan yozilgan har qanday negativ munosabatni shunchaki bloklayman.

Shuningdek, qanday hayot kechirishim, kim bilan uchrashishim, kimlar bilan do‘stlashishim yoki nima bilan mashg‘ul bo‘lishim haqida so‘ralmagan maslahatlar bermasligingizni qat’iy so‘rayman. Men barchaga yoqishga majbur emasman. Agar biror narsa sizga ma’qul kelmasa, shunchaki obunani bekor qilganingiz yaxshiroq”, — dedi shaxmatchi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, hozirda sportchining Telegram kanaliga 20 mingga yaqin foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Bibisora Assubayeva shaxmatning blis yo‘nalishi bo‘yicha uch karra jahon chempioni hisoblanadi. U so‘nggi marta 2025 yil yakunida jahon chempionligi unvonini qo‘lga kiritgan. Kiprda bo‘lib o‘tgan Nomzodlar turnirida esa ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Bibisora Assubayeva tanqidchilarga kutilmagan keskin munosabat bildirdi