Jasmin Abbos Fayzullayev to‘yida kutilmagan sirni oshkor qildi (video)

Jasmin Abbos Fayzullayev to‘yida kutilmagan sirni oshkor qildi (video)

Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbos Fayzullayevning nikoh to‘yiga tashrif buyurgan xonanda Jasmin qiziqarli e’tirofi bilan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi.

To‘yxonaga kirib kelayotgan jarayon videoga olinayotgan paytda xonanda hazilomuz tarzda: “Abbos Fayzullayevning to‘yiga keldik. Mening familiyadoshim. Mening ham familiyam Fayzullayeva”, deya aytib o‘tdi. Ushbu samimiy so‘zlar videoni tomosha qilgan internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi.

Ma’lumki, san’atkor muxlislarga Jasmin taxallusi bilan tanilgan bo‘lsa-da, uning familiyasi haqidagi ushbu ma’lumot ko‘pchilik uchun kutilmagan bo‘ldi.

To‘y oqshomida Jasmin o‘zining mashhur va sho‘x taronalari bilan sahnaga chiqib, mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Xonandaning chiqishi to‘y ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olinib, videolari ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda.

Bir qator san’at va madaniyat vakillari “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ular orasida Jasmin taxallusi bilan tanilgan xonanda Madina Fayzullayeva ham bor.

Xonanda ushbu quvonchli xabarni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislari bilan bo‘lishdi. U mukofot bilan tushgan suratini e’lon qilib, samimiy minnatdorligini izhor etdi.

Madina Fayzullayeva o‘z sahifasida: “Bugun “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandik. Bundan juda ham xursand bo‘ldim. Bildirilgan ishonch va e’tibor uchun chin dildan tashakkur,” deya yozib qoldirgan.

Madina Fayzullayeva oq atirgullar va "O‘zbekiston belgisi" nishoni bilan tushgan surat.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar