Abbosbek Fayzullayev to‘yida ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi (video)

Kecha, 10 iyul kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. To‘y tantanasi davomida futbolchi uchun yana bir quvonchli voqea yuz berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Abbosbek Fayzullayevga “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirilgani aks etgan. Mukofot to‘y marosimi davomida olib kirilib, futbolchiga topshirilgan.
Mazkur lahzalar to‘y ishtirokchilari tomonidan olqishlar bilan kutib olingan bo‘lsa, videolar qisqa vaqt ichida internet foydalanuvchilari orasida ham keng tarqaldi.
Izohlarda muxlislar Abbosbek Fayzullayevni nafaqat nikoh to‘yi, balki ushbu yuksak e’tirof bilan ham samimiy tabriklab, unga oilaviy hayotda baxt-saodat va futbolchilik faoliyatida ulkan zafarlar tilashmoqda.






























Izohlar 0
…