Umar Shamsiyevdan samimiy e’tirof — “40 dan keyin sevgi boshqacha ekan”

Umar Shamsiyev “OMON-OMON” dasturi mehmoni bo‘lganida “Biz birga bo‘lamiz” nomli qo‘shig‘i, uning kimga atalganligi va so‘nggi paytlarda sevgi-muhabbat haqidagi qo‘shiqlari sababini ochib berdi.
Boshlovchi xonandadan: “ ‘Biz birga bo‘lamiz’ qo‘shig‘ingizni ko‘rdik, eshitdik. Videolarda ayolingizni ham suratga tushirgansiz. Nega aynan shu qo‘shig‘ingizga ayolingizni olib chiqish g‘oyasi tug‘ildi? Axir qizlar, aktrisalar ham ko‘p-ku,” deya so‘radi.
Xonanda esa bunga quyidagicha javob berdi:
“O‘zi bu qo‘shig‘im jufti halollar, yorlar uchun atalgan edi. Shuning uchun ham ayolim bilan video olish g'oyasi tug'ildi. Chunki biz erkaklar ayollarni hurmat qilishimiz, asrashimiz, qadrlashimiz kerak. O‘zimning tajribamdan kelib chiqib aytaman — odam 40 yoshdan oshgandan keyin sevishni, sevilishni, hayotni qadrlashni, yonidagi ayolining borligini his qilishni boshlarkan. Shuning uchun ham oxirgi paytlarda qo‘shiqlarim sevgi va muhabbat haqida bo‘lyapti. Buning sababi ham shu — shundan ilhom olyapman,” — dedi u kulib.
Shundan so‘ng boshlovchilardan biri hazil aralash:
“Oxiri amallab tushuntirib berdingiz, bir so‘z bilan aytganda — ayolimni ikkinchi bor sevib qolyapman deng,” — deya kuldi.
Yana qo‘shimcha qilib: “Zo‘r, biz bundan xursandmiz,” — dedi gapini yakunlab.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!