Abbosbek Fayzullayevning to‘y oqshomidan yorqin lavhalar (video)

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning nikoh to‘yi tantanalari davom etmoqda. Kun davomida sizlarga kuyov navkarga tayyorgarlik, kuyovning jo‘ralari bilan kelin uyiga yo‘l olgani hamda kuyov oshidan lavhalarni ulashib bordik.
Endi esa ijtimoiy tarmoqlarda to‘yning kechki bazmidan olingan yangi videolar tarqalmoqda. Ularda kelin va kuyovning to‘yxonaga milliy an’analarimizga xos va ko‘rkam tarzda kirib kelgani aks etgan. Mazkur lahzalar qisqa vaqt ichida internet foydalanuvchilari e’tiborini tortdi.
Shuningdek, tantanali oqshomda O‘zbekiston milliy terma jamoasining bir qator futbolchilari ham ishtirok etib, yoshlarni ushbu unutilmas kun bilan tabriklagani videolarda ko‘rinadi.
Ijtimoiy tarmoqlarda esa muxlislar Abbosbek Fayzullayev va uning turmush o‘rtog‘ini samimiy tabriklab, ularga uzoq umr, baxt-saodat va mustahkam oila tilab ezgu tilaklarini yo‘llashda davom etmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, nikoh to‘yi Toshkent shahridagi "Versal" saroyi tantanalar majmuasida o‘tkazilmoqda.






























Izohlar 0
…