Ayni kunlarda Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning yakkaxon konserti o‘tkazilmoqda. Odatda bu kabi shoularda mashhurlar qatnashishi an’anaga aylangan. Biroq Yulduz Usmonovaning konsertida kutilmagan mehmon – AQShning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Pamela Spratlen xonim ham ishtirok etdi.
San’atkorning rasmiy saytida xabar berilishicha, elchi primadonnaning ijodini yuqori baholagan va o‘zbek tilida “Yulduz Usmonova, siz juda zo‘r” deya qayd etgan.
Ta’kidlash joiz, el suygan xonandaning “Ey, aziz inson” deb nomlangan konserti uzoq kutilgan edi. Shu bois ham dastur kunlariga ikki kun qo‘shildi. Konsert 23 aprelga qadar davom etadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi