21:31 / 19.04.2017
7 721

Alisher Usmonov Toshkentda rossiyalik san’atkorlar konsertini tashkil etmoqda

Alisher Usmonov Toshkentda rossiyalik san’atkorlar konsertini tashkil etmoqda
26 aprel kuni Toshkentdagi "O‘zbekiston" xalqaro forumlar saroyida Rossiya milliy filarmoniya orkestrining konserti bo‘lib o‘tadi. Orkestrga Vladimir Spivakov badiiy rahbarlik va bosh dirijyorlik qiladi.


San’at kechasi O‘zbekiston va Rossiyaning muvaffaqiyatli hamkorligi tasdig‘i bo‘ladi: Moskvadagi etakchi opera teatrlarining solistlari Anna Aglatova va Vasiliy Ladyuk, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov bir sahnada kuylashadi.

"Sputnik"ning yozishicha, konsert O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi doirasida hamda O‘zbekiston madaniyat vazirligi va Alisher Usmonovning "San’at, fan va sport" xayriya jamg‘armasi qo‘llab-quvvatlashi orqali tashkil etilmoqda. "San’at, fan va sport" xayriya jamg‘armasi kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, san’at, madaniyat va sport sohasida tadbirlar uyushtirish, ilmiy-ta’lim va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Alisher Usmonov Toshkentda rossiyalik san’atkorlar konsertini tashkil etmoqda