Shohruhxonning yangi “Lola” taronasi muxlislar e’tiborini tortdi!

Shohruhxonning yangi “Lola” taronasi muxlislar e’tiborini tortdi!

Xonanda Shohruhxon muxlislari uchun yangi musiqiy loyiha taqdim etdi. San’atkor “Lola” nomli yangi taronasi va unga ishlangan videoklip premyerasini e’lon qildi.

Shohruhhon o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali klipni YouTube platformasida tomosha qilish mumkinligini ma’lum qildi. Premyera qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini qozonib, ko‘plab tomoshalarni yig‘ishga ulgurdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tinglovchilar qo‘shiq va klip haqida iliq fikrlar bildirmoqda. Ko‘pchilik videoklipning sifati, qo‘shiqning ohangi va ijrosini yuqori baholagan.

Izohlarda muxlislar Shohruhxonga yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tilab, “Lola” taronasi yilning eng yoqimli premyeralaridan biri bo‘lganini ta’kidlashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar