Javohir va Bibisoraning futbolkalari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi

Javohir va Bibisoraning futbolkalari ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘ldi

Qozog‘istonlik taniqli shaxmatchi Bibisora Asaubayeva va o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov bu safar noodatiy obrazlari bilan muxlislar e’tiborini tortdi. Ikki yosh shaxmat yulduzi bir-birining surati tushirilgan futbolkalarda ko‘rinish berib, ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Bibisora Asaubayeva o‘zining Instagram sahifasida Javohir Sindorov bilan tushgan qo‘shma suratlarni e’lon qildi. Suratlarda Asaubayeva Javohir Sindorovning surati hamda «Mening sevimli grossmeysterim» degan yozuv tushirilgan futbolkani kiygan bo‘lsa, Javohir Sindorov esa Bibisoraning surati joylashtirilgan va «Yana bir “malika”ni qo‘lga kiritdim» degan yozuv bitilgan futbolkada ko‘rinish berdi.

Postga izoh qoldirgan Asaubayeva: «Javohir uchun eng mashhur muxlislar izohlaridan biridan foydalandim», deya yozdi.

Eslatib o‘tamiz, bu ikki grossmeyster avval ham bir necha bor birga ko‘rinish bergan edi. Xususan, Bibisora Asaubayeva Norvegiyada o‘tkazilgan shaxmat turnirida g‘alaba qozonganidan keyin u va Javohir Sindorov Monakoda bo‘lib o‘tgan «Formula-1» poygasini birgalikda tomosha qilgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, yosh shaxmatchilar Parijdagi mashhur «Disneylend» bog‘iga ham birgalikda tashrif buyurishdi. Keyinchalik esa ularning Fransiya poytaxti Parijda birga vaqt o‘tkazgani aks etgan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muxlislar orasida turli muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Bu safar esa bir-birining surati tushirilgan futbolkalarda ko‘rinish berishi internet foydalanuvchilari e’tiborini yanada kuchliroq tortdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar