Munisa Rizayevaning o‘g‘liga qilingan “mini tatu” muxlislarni havotirga soldi! (video)

Xonanda Munisa Rizayeva o‘g‘li Aleks bilan bog‘liq yangi videoni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joyladi. Unda xonandaning farzandi bilan oilaviy vaqt o‘tkazayotgani aks etgan.
Munisa Rizayeva post izohida o‘g‘liga “mini tatu” qilinganini yozgan. Uning aytishicha, Aleks Spider-Man qahramonini juda yaxshi ko‘radi va aynan shu sababli unga shu mavzudagi kichik tatu tanlangan.
Video muxlislar orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrim kuzatuvchilar ona va bola o‘rtasidagi samimiy lahzalarni iliq kutib olgan bo‘lsa, boshqalar Aleksning qo‘lidagi tatu sabab xavotir bildirgan.
Hozircha xonanda muxlislarning bu izohlariga alohida munosabat bildirmagan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…