Nahide Babashli turmush qurayotganini rasman e’lon qildi

Ozarbayjonlik xonanda Nahide Babashli hayotidagi quvonchli yangilikni muxlislari bilan bo‘lishdi. San’atkor 13 iyul kuni o‘zining Instagram sahifasi orqali rasmiy nikohdan o‘tganini ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, xonanda turkiyalik fitnes murabbiyi Halim Baydur bilan oila qurmoqda. U nikoh marosimidan olingan surat va videolarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab, muxlislaridan ko‘plab tabrik va ezgu tilaklarni qabul qildi.
Muxlislar e’tiborini tortgan jihatlardan biri — Nahide Babashlining marosimda o‘ng qo‘li gipslangan holda ishtirok etgani bo‘ldi. Xonanda buning sababini izohlab, nikohdan bir kun avval barmog‘i yengil jarohat olgani uchun qo‘liga gips qo‘yilganini aytgan.
Hozircha to‘y marosimi qachon va qayerda o‘tkazilishi haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Shunga qaramay, xonandaning muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda uni yangi hayot bosqichi bilan samimiy tabriklab, baxt va totuvlik tilashmoqda.































Izohlar 0
…