15:13 / 28.04.2017
10 630

Lola o‘zining 2002 yildagi videosini ko‘rib quloqlari va ko‘zlariga ishona olmagani haqida yozdi (Video)

Lola o‘zining 2002 yildagi videosini ko‘rib quloqlari va ko‘zlariga ishona olmagani haqida yozdi (Video)
Xonanda Lola o‘zining Instagram`dagi sahifasiga bundan 15 yil avval “Istiqlol” san’at saroyidagi konsertda chiqishi aks etgan videodan parcha joyladi. “Poteryalis” qo‘shig‘ini ijro etayotgan Lola o‘sha paytda 16 yoshda bo‘lgan. Lola 2002 yildagi o‘zbek shou-biznesi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Kelajakka qaytish...Bu 2002 yildagi video! Men videoni tomosha qila turib, quloqlarim va ko‘zlarimga ishona olmayapman. Men o‘shanda 16 yoshda edim! Mamlakatning bosh sahnasi! Mening qornim ochiq! Kiyimim quloqlarimgacha yirtiq! Va aniq ifodalangan o‘smirlarga xos maksimalizm! Va hech kim o‘sha payt menga ta’na toshini otish haqida o‘ylab ham ko‘rmagan! Men hozir kiyimlardagi ochiqlik darajasi haqida emas. Biz o‘sha vaqtda madaniyatli jamiyatda yashaganmiz! Bilamanki, mening so‘zlarim va ushbu ‘shaytoniy’ videodan so‘ng(aynan mana shu so‘zni men turli ijtimoiy media izohlarida ko‘p ko‘raman va eshitaman) men tanqidlarga duchor bo‘laman.

Biroq men anchadan beri mamlakatimizdagi tanazzulga yuz tutayotgan shou-biznes uchun qayg‘urmoqdaman. Shuning uchun, ruxsatingiz bilan fikrimni aytib olsam.

Men 2002 yildagi konsert dasturini tomosha qildim. Va shuni aytamanki, do‘stlar bugungi kunda biz nafaqat 15 yilga ortda qoldik, balki biz inqirozga yuz tutdik va bizning tinglovchilarimiz ham biz bilan birga.

Bizning shou-biznesimizda 15 yil avval bo‘lgan darajaga etish uchun biz hali ko‘p ijod qilishimiz kerak!

O‘shanda qanday musiqalar yaratardik! Qancha ko‘p yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, rivojlanayotgan edi. Rok, pop, folk, xip-xop, rep va har bir ijrochi o‘ziga xoslikka ega edi. O‘sha yillarda yaratilgan har bir qo‘shiq hozirgacha sevib tinglanadi. Sababi, hamma ijod bilan shug‘ullanar edi! Hozir esa hamma xonandalar biznes, to‘y-biznesi bilan shug‘ullanmoqda. Ular haqiqiy musiqa yaratishdan qo‘rqishadi. Ular odat bo‘lib qolgan yo‘nalishlardan chetga chiqishga qo‘rqishadi.

Chunki, shou-biznes dunyosini to‘ylar boshqarmoqda! Shuning uchun hamma to‘ybop qo‘shiqlar yaratmoqda. Radioni yoqasan—bitta oxiri yo‘q qo‘shiq kun davomida yangraydi!

O‘ziga va o‘z ishiga sodiqlar sanoqli qoldi. Tinglovchining musiqiy didini o‘stirishga intilayotgan, jamoatchilikka berayotgan narsasining mazmuni haqida unutib qo‘ymagan, o‘z qo‘shiqlari bilan xalqni ortidan borayotgan emas, balki uni bir pog‘ona ko‘taradiganlar sanoqli. Bu missiya. Hozir yuz berayotgan holat-qayg‘uli. To‘laqonli didsizlik! Uzluksiz davom etayotgan o‘z-o‘zini sevish va sho‘xidan bo‘lsin! Men mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga sidqidildan ishonaman va umid qilamanki, biz o‘lik nuqtadan oldinga harakatlanamiz.

O‘g‘irlangan qo‘shiqlar, ma’naviy tushkun kliplar, behayo konsertlar bo‘lmaydi va bizning madaniyatimiz yangi, yorqin ranglarga ega bo‘ladi. Ijodkorlik va jasurlik g‘alaba qozonadi! Ijod va muhabbat!

P.S.O‘zingizdagi san’atni seving, san’atdagi o‘zingizni emas!”

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Lola o‘zining 2002 yildagi videosini ko‘rib quloqlari va ko‘zlariga ishona olmagani haqida yozdi (Video)