
27 aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan to‘ylardan birida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktyor va shoumen Aleksandr Oleshko boshlovchilik qildi. Bu haqda boshlovchi Nilufar Sotiboldieva o‘zining Instagram` dagi sahifasida ma’lum qildi, deb xabar beradi «Darakchi.uz».

Sotiboldievaning o‘zi ham mazkur to‘yda boshlovchi sifatida ishtirok etgan.

“Men o‘z ishimni sevaman. Ishim menga ajoyib, iste’doli insonlar bilan tanishish va ular bilan malaka almashish imkonini beradi. Bugungi to‘yni biz Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Aleksandr Oleshko bilan birga olib boryapmiz. U ekranda ko‘ringanidek quvnoq va samimiy inson ekan”, — deb yozadi Nilufar Sotiboldieva. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar