G‘iyos Boytoyevni kursdoshlari kutilmagan tarzda qutladi

G‘iyos Boytoyevni kursdoshlari kutilmagan tarzda qutladi

O‘zbekiston xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan taniqli artist G‘iyos Boytoyev uchun hamkasb va kursdoshlari tomonidan o‘ziga xos tabrik tayyorlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, 66 yoshida mamlakatning eng yuksak san’at unvonlaridan biriga erishgan artistni kursdoshlari samimiy va iliq kayfiyatda qutlab, unga bo‘lgan hurmat va ehtiromlarini namoyon etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan lavhalarda kursdoshlarning san’atkorni ko‘tarinki ruhda qarshi olgani va tabriklagani aks etgan. Bu esa muxlislar tomonidan ham katta qiziqish bilan qarshi olinmoqda.

Ko‘pchilik ushbu tabrikni san’at ahli o‘rtasidagi do‘stlik, qadr va samimiyatning yorqin namunasi sifatida baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar