
8 may kuni Rus Akademik drama teatrida o‘zbekistonlik talaba Muxlisa Azizova tomonidan rossiyalik taniqli kino va teatr aktyori Dmitriy Dyujev ishtirokida suratga olingan “U” (“Ona”) nomli film taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Taqdimot marosimiga Dmitriy Dyujevning o‘zi ham tashrif buyuradi. Bu haqda bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan Kinematografiyani rivojlantirish Markazining ochilish marosimida ma’lum qilindi.
Shu kunning o‘zida Rus Akademik drama teatrida Dyujev ishtirokida “Evgeniy Onegin” monospektakli namoyish etiladi.
“U” filmida bosh rollarni Dmitriy Dyujev bilan birga Ra’no Shodieva hamda Karim Mirxodievlar ijro etgan.
Bungacha Muxlisa Azizova “Geolog: O‘limdan kuchli” deb nomlangan filmning loyiha muallifi hamda “Tinchlik sohili” deb nomlangan qisqa metrajli filmning postanovkchi rejissyori sifatida ishtirok etgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.