09:16 / 12.05.2017
7 466

​Munisa Rizaeva: “Biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz”

​Munisa Rizaeva: “Biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz”
Xonanda Munisa Rizaeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida yozib qoldirgan so‘zlari e’tiborimizni tortdi, deb yozadi Darakchi sayti.

“Biz ko‘pincha ko‘ngilsizliklarda atrofimizdagi yaqin insonlarni ayblaymiz. Lekin bir narsani sira ham unutmasligimiz darkor, tushkun kayfiyatimizga atrofimizdagilarni mutloq aloqasi yo‘q. Yagona aybdor bu o‘zimiz, chunki biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz, qadrimizga etadigan insonlarga esa e’tibor ham bermaymiz. Suyganimiz mehrsizu, suymaganimiz mehrli, biroq buni anglab etmaymiz. E’tiborsizlar uchun har narsaga tayyormizu, biroq e’tiborlilar oldida e’tiborsizdekmiz. Oqibatda esa qadrlaganimiz oldida shunchalar qadrsizlanamizki va bu tushkun kayfiyatda boshqa birovlarni ayblaymiz. Shu ham adolatdanmi? Axir, barchasiga faqat o‘zimiz aybdormizku. Shunchaki bizni yaxshi ko‘rganlarni ulardanda ko‘proq yaxshi ko‘raylik, bizni qadrlaganlarni qadrlaylik, bizni eslaganlarni eslaylik. Shunda barchasi biz kutganimizdek bo‘ladi...”,—deb yozdi Munisa Instagram`dagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Munisa Rizaeva: “Biz qadrimizga etmaydigan insonlarga ko‘proq mehr beramiz”