Garri Staylz «Uembli»dagi 12 ta konsert bilan rekord o‘rnatdi

Garri Staylz «Uembli»dagi 12 ta konsert bilan rekord o‘rnatdi

Britaniyalik xonanda Garri Staylz afsonaviy «Uembli» stadionida ketma-ket 12 ta yakkaxon konsert berib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.

Shu tariqa u bitta konsert turi doirasida mazkur stadionda eng ko‘p chiqish qilgan ilk ijrochi sifatida tarixga kirdi. Bu natija bilan Garri o‘tgan yili «Uembli»da 10 ta konsert bergan Coldplay guruhining rekordini yangiladi. Yakkaxon ijrochilar orasidagi avvalgi rekord esa Teylor Sviftga tegishli bo‘lib, u 2024 yilda ushbu stadionda 8 ta konsert o‘tkazgan edi.

12-konsert Garri Staylz uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Quvonchli lahzalarga boy kechada xonanda his-tuyg‘ularini yashira olmadi va sahnada ko‘z yosh to‘kdi.

U chiqishi davomida musiqadagi ilk qadamlarini One Direction guruhi bilan boshlaganini eslab, bugungi muvaffaqiyat yo‘lida uni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar