Saida Rametova mish-mishlarga nuqta qo‘ydi: “Jumadulla aka hayotlar”

Saida Rametova mish-mishlarga nuqta qo‘ydi: “Jumadulla aka hayotlar”

O‘zbekiston xalq artisti Saida Rametova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali turmush o‘rtog‘i, taniqli aktyor Jumadulla Rametovning salomatligi bilan bog‘liq tarqalayotgan mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Aktrisaning aytishicha, so‘nggi kunlarda ko‘plab muxlislar va tanishlari Jumadulla Rametovning ahvoli haqida so‘rab, hatto uning vafot etgani haqidagi asossiz xabarlarga ishonib, ta’ziya ham bildirayotganini aytgan.

Shu sababli Saida Rametova turmush o‘rtog‘ini videoda muxlislariga ko‘rsatib, uning ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi.

“Assalomu alaykum, aziz muxlislarimiz. Ko‘pchilik Jumadulla aka yaxshilarmi, deb so‘rayapti. Hatto ayrimlar 'voy' deb ta’ziya ham bildirishmoqda, Jumadulla aka olamdan o‘tibdilar, deb o‘ylashibdi. Xudoga shukur, hayotlar, yaxshilar. Hozir bir shifoxonada, bir uyda bo‘ladilar. Yaqinda 70 yoshni ham qarshi oldilar. Juda baxtlimiz. Ko‘pchilik shunday savollar bergani uchun o‘zlarini ko‘rsatyapman. Nasib qilsa, yaqin orada evarali ham bo‘lamiz. Duoda bo‘linglar”, — dedi aktrisa.

Mazkur video qisqa vaqt ichida ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Izohlarda muxlislar Jumadulla Rametovga sog‘lik va uzoq umr tilab, tezroq sog‘ayib ketishi uchun ezgu tilaklar va duolarini yo‘llashmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar