Abbosbek Fayzullayevning to‘yidagi trendga aylangan tort marosimi barchani e’tiborini tortdi (video)

Abbosbek Fayzullayevning to‘yidagi trendga aylangan tort marosimi barchani e’tiborini tortdi (video)

Mahorati bilan muxlislarga tanilgan futbolchi Abbosbek Fayzullayevning to‘y oqshomi bo‘lib o‘tgani haqidagi videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

Ma’lum qilinishicha, futbolchi Nisabonu ismli qiz bilan oila qurgan. To‘y marosimida yaqinlar, mehmonlar va san’atkorlar ishtirok etgan.

Oqshomda hozirgi to‘ylarda ko‘p uchrayotgan tort bezash jarayoni ham o‘tkazildi. Videolarda Abbosbek Fayzullayev va Nisabonu katta yurak shaklidagi tortni birgalikda bezatgani aks etgan.

Shundan so‘ng juftlik bir-biriga tort yedirgan. Bu holat mehmonlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini tortdi.

To‘yda xonandalar Dilso‘z va Munisa Rizayeva ham xizmat ko‘rsatgani aytilmoqda. Ularning chiqishlari marosimdan tarqalgan videolarda ko‘ringan.

Abbosbek Fayzullayevning to‘yi haqidagi lavhalar hozir ham tarmoqlarda faol muhokama qilinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar