Shahzoda Muhammedovaning dengiz bo‘yidagi go‘zal obrazi muxlislar e’tiborini tortdi

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova Turkiyadagi dam olishidan yangi surat va videolarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi.
U farzandlari bilan sayohatda ekanini avval ham kuzatuvchilari bilan bo‘lishgandi. Bu gal esa aktrisaning dengiz fonidagi obrazi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.
Kuzatuvchilar uning libosi va manzara bilan uyg‘un ko‘rinishini izohlarda qayd etgan. Suratlar ostida iliq fikrlar bildirilgan.

Shahzoda Muhammedova postida tabiatni his qilish va undan zavq olish haqida yozdi.
"Suv, yer, osmon, bu juda sehrli olam. Uni o‘rganish uchun umr yetmaydi. Shunchaki zavqlanmoq lozim… zavqlaning", deya izoh qoldirdi u.
Aktrisaning Turkiyadagi dam olishidan joylayotgan chiqishlari muxlislari tomonidan kuzatib borilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…