Aktrisa Ra’no Shodiyeva to‘rtinchi marta buvijon bo‘ldi!

Taniqli aktrisa Ra’no Shodiyevaning oilasida quvonchli voqea yuz berdi. U to‘rtinchi marta buvi bo‘ldi.
Aktrisaning qizi Raxshona o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Ra’no Shodiyeva bu haqda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida video orqali xabar berdi.
U post izohida "07.07.2026 xush kelibsiz, bolam", deb yozdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa qizining tug‘ruq jarayonida uning yonida bo‘lgan. U Raxshonaga ruhiy dalda berib, muhim lahzalarda qo‘llab-quvvatlagan.
Muxlislar izohlarda Ra’no Shodiyevani yangi mehmon bilan tabriklamoqda. Ular oilaga baxt, chaqaloqqa sog‘lom ulg‘ayish tilaklarini yozib qoldirgan.
Raxshonaning bu ikkinchi farzandi. Uning birinchi farzandi qiz. Avvalroq Raxshona bo‘lajak farzandining jinsini tort kesish marosimi orqali oshkor qilgan edi.































Izohlar 0
…