Aktyor Jahongir Abdumalikov hayotida quvonchli voqea: o‘g‘lining ismini muxlislariga e’lon qildi!

Aktyor Jahongir Abdumalikov hayotida quvonchli voqea yuz berdi. "Mendirman Jaloliddin" seriali orqali tanilgan san’atkorning to‘ng‘ich farzandi dunyoga keldi. U ilk bor ota bo‘ldi.
Aktyor ijtimoiy tarmoqlarda o‘g‘lini shifoxonadan uyiga olib kelgan paytlar aks etgan videolarni joyladi. Kadrlarda chaqaloq uchun tayyorlangan bezaklar va maxsus dekoratsiyalarni ko‘rish mumkin.
Jahongir Abdumalikov farzandiga MuhammadZayd deb ism qo‘yganini ham kuzatuvchilariga ma’lum qildi. Bu xabardan so‘ng uning sahifasida ko‘plab tabriklar qoldirildi.
Muxlislar va yaqinlari aktyor oilasiga ezgu tilaklar bildirib, MuhammadZaydning sog‘lom va baxtli bo‘lib ulg‘ayishini tilamoqda.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…