Ozodbek Nazarbekovning Issiqko‘ldagi chiqishi tadbirga fayz bag‘ishladi (video)

26–29 iyul kunlari Qirg‘iziston Respublikasining Issiqko‘l viloyatida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Madaniy dastur doirasida o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, mumtoz va zamonaviy san’at namunalari, milliy musiqa hamda raqs an’analari keng namoyish etildi. Tadbirlar davomida ikki qardosh xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi ko‘plab chiqishlar namoyish etildi.
Tadbirning eng e’tiborli lahzalaridan biri O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning sahnadagi samimiy chiqishi bo‘ldi. San’atkor Issiqko‘lning betakror tabiati unga ilhom bag‘ishlaganini ta’kidlar ekan, qardosh xalqning ishonchi va e’tirofiga munosib ijod qilishni o‘zi uchun katta mas’uliyat deb bilishini qayd etdi.






























Izohlar 0
…