Durdona Qurbonovaga yuborilgan noodatiy sovg‘a turli taxminlarga sabab bo‘ldi (video)

Durdona Qurbonovaga yuborilgan noodatiy sovg‘a turli taxminlarga sabab bo‘ldi (video)
Qisqacha

Aktrisa Durdona Qurbonovaga katta ayiq shaklidagi gul kompozitsiyasi va yurak ko'rinishidagi bir nechta gullar yuborildi. U sovg'ani mamnuniyat bilan qarshi olgani va bundan quvongani videoda aks etgan. Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda gullarni kim yuborgani haqida turli taxminlarga sabab bo'ldi. Foydalanuvchilar “To'y qachon?”, “Kim yubordi?” va “Bizga ham nasib qilsin” kabi izohlar qoldirdi.

So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda bloger va mashhurlarga turli xil noodatiy shakldagi gul kompozitsiyalari yuborilayotgan videolar ko‘paymoqda. Ayniqsa, katta ot, kobra ilon va ulkan yurak ko‘rinishidagi gullar internet foydalanuvchilarining e’tiborini tortgan edi.

Bu safar esa aktrisa Durdona Qurbonovaga o‘zgacha sovg‘a taqdim etildi. Unga katta ayiq shaklida tayyorlangan gul kompozitsiyasi hamda uning yonida yurak ko‘rinishidagi bir nechta gullar yuborilgan.

Aktrisaning sovg‘ani ko‘rganidagi quvonchi esa uning yuz-ko‘zidan yaqqol sezildi. Durdona noodatiy kompozitsiyani mamnuniyat bilan qarshi olgani ko‘rinadi.

Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda ham turli taxminlarga sabab bo‘ldi. Foydalanuvchilar aktrisaga havas qilganini bildirib, gullarni kim yuborgani bilan qiziqishgan. Ayrimlar esa hazil aralash “To‘y qachon?”, “Kim yubordi?”, “Bizga ham nasib qilsin”, deya izoh qoldirgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar