
Kecha, 2 iyun kuni “O‘zbekkonsert” DM majlislar zalida o‘tgan tanqidiy yig‘ilishda san’atkorlar ham sohaga oid tanqidiy fikrlarini bildirishdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri. Jumladan, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov xonandalarga ham oliy va o‘rta maxsus ma’lumotni bildiruvchi diplom berilishi kerakligini ta’kidladi.
“Kollejlarni tamomlagan o‘quvchilar o‘rta maxsus, universtitetlarni tugatgan talabalar oliy ma’lumotli degan diplom olishini yaxshi bilamiz. Menimcha, san’atkorlarga ham shunday hujjat berilishi kerak. Shunda xalq proffesional va havaskorning farqiga boradi”, dedi Ozodbek Nazarbekov.
Shuningdek, xonanda ommaviy axborot vositalari xodimlari va teleboshlovchilarga ham e’tiroz bildirdi.
“Jurnalistlar va boshlovchilar ko‘p vaziyatlarda ikkita qo‘shiq aytgan qo‘shiqchini ham “estradamizning yorqin yulduzi”, “iste’dodli san’atkor” deb e’lon qiladi. Aynan ularning shu aybi tufayli san’atkorlar “osmonga” chiqib ketishmoqda”, deya gapida davom etdi Ozodbek Nazarbekov.
Qayd etish kerak, mazkur yig‘ilishda ayrim xonandalar – Rayhon, Lola, Munisa Rizaeva, Shohruhxon kabi qo‘shiqchilar yana ishtirok etishmadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar