16:43 / 05.06.2017
11 351

Xonanda Dilso‘z yana farzand kutmoqda

Xonanda Dilso‘z yana farzand kutmoqda
“Nihol” mukofoti sovrindori Dilso‘z taxallusi bilan ijod qiluvchi xonanda Go‘zal Jumaniyozova yana farzand kutmoqda, deb yozmoqda “Qalampir.uz” sayti.

Xonanda og‘iroyoq bo‘lsa-da, qizg‘in ijod olib bormoqda. Turli tadbirlarda ishtirok etishni ham kanda qilmayapti. Buni Instagram’dagi suratlari isbotlaydi.

Eslatib o‘tamiz, Dilso‘z va xonanda Farrux Raimovning hozirda bir nafar qiz farzandi bor. 2015 yilning 18 oktyabrida tug‘ilgan qizaloqning ismi Dilso‘z, ya’ni onasining taxallusi bilan bir xil. Xonanda o‘ziga omad olib kelgan ismni qiziga bergani va yaqinlari uni Go‘zal deb chaqirishini ta’kidlagan.

Qo‘shiqchilarning nikoh to‘yi va qizining tug‘ilishi juda ko‘p shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. Tug‘ruq vaqtidagi Dilso‘z suratlarining internetda tarqalib ketishi yanada ko‘proq gap-so‘zlarni keltirib chiqardi. Xonanda esa tug‘ruqxona (Toshkentdagi 6-sonli) ustidan tegishli joyga shikoyat qilib, boshqa u erga bormasligini ta’kidlagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Dilso‘z yana farzand kutmoqda