10:27 / 06.06.2017
9 885

​Aktyor Javohir Zokirov Jasurbekning ota-onasiga hamdardlik bildirdi

​Aktyor Javohir Zokirov Jasurbekning ota-onasiga hamdardlik bildirdi
Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimovning kollejdoshlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etgani barchani larzaga soldi, deb yozadi Darakchi.uz sayti.

Uning o‘limidan xabardor har bir yurtdoshimiz Jasurbekning ota-onasiga dalda so‘zlarini izhor etishmoqda. Aktyor Javohir Zokirov o‘zining Instagramdagi sahifasiga hodisa yuzasidan qayg‘udaligini yozib qoldirdi:

“Jasurbek Ibrohimov bilan yuz bergan hodisa millatimiz fojiasi sanaladi. Har birimiz bu borada o‘z fuqarolik pozisiyamizni bildirib, haqqoniy va shaffof tergov o‘tkazalishi hamda ushbu hodisaga aloqadorlar albatta jazolanishini talab qilishimiz kerak. O‘sib kelayotgan avlod adolatga bo‘lgan ishonchini yo‘qotmasligi kerak. Ko‘p narsani qo‘ldan boy berdik, harakat qilish vaqti keldi. Butun oilam nomidan Jasurbekning ota-onasiga hamdardligimni izhor etaman”, deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Aktyor Javohir Zokirov Jasurbekning ota-onasiga hamdardlik bildirdi