17:14 / 06.06.2017
10 814

“O‘zbekkonsert” rahbari prezident haqida qo‘shiq kuylashni taqiqladi

“O‘zbekkonsert” rahbari prezident haqida qo‘shiq kuylashni taqiqladi
“O‘zbekkonsert” rahbariyati san’atkorlarga prezident Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlab qo‘shiq kuylashni ta’qiqladi. Xabarlarga qaraganda, bu borada 2 iyun kuni “O‘zbekkonsert”da bo‘lib o‘tgan yig‘ilish paytida direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi Azamat Haydarov ma’lum qilgan.

Azamat Haydarov ayrim san’atkorlar tomonidan davlat rahbari faoliyatiga bog‘liq videotasvirlar asosida kliplar qilinib, badiiy sayoz matn asosida qo‘shiqlar yaratilayotganini tanqid qildi.

"Ayniqsa shaxs bilan bog‘liq, davlat rahbarlarining faoliyati bilan bog‘liq narsalarni montaj qilib kliplariga... bu hech qanday odob-ahloqqa to‘g‘ri kelmaydi", - deb aytdi u.

Yig‘ilishda ishtirok etgan madaniyat vaziri o‘rinbosari Minhojiddin Hojimatov bu masalada Azamat Haydarovni qo‘llab-quvvatlagan. Unga ko‘ra, agar qo‘shiqchilar ashulla qilmoqchi bo‘lsa, vatan haqida, el-yurt haqida, mamlakatda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida aytishi mumkin. Buni hech kim taqiqlamaydi, dedi u va maslahatlashishni taklif qildi.

Bundan avvalroq 49 yashar o‘zbek kino artisti va qo‘shiqchisi Dilfuza Ismoilova Shavkat Mirziëevni ulug‘lab “Shu go‘zal yurt sultoni omon bo‘lsin” qo‘shiqni kuylagani xabar qilingan edi. O‘zbekiston Bastakorlar uyushmasi a’zosi, musiqashunos Ravshanbek Matjonov birinchi prezident Islom Karimov davrida madhiya qo‘shiqlar yaratish rag‘batlantirilmagani, ayrim qo‘shiqchilar buning uchun hayfsan olganini gapirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “O‘zbekkonsert” rahbari prezident haqida qo‘shiq kuylashni taqiqladi