Aziz Rametov tomonidan suratga olingan va 13 maydan katta ekranlarga chiqqan «Arslon izidan» filmi salkam bir oydan beri kinoprokat etakchilaridan biri bo‘lib turibdi. Film jang sahnalariga boy, unda kompyuter grafikasidan faol foydalanilgan.
Kartinaga nafaqat rejissyorlik qilgan, balki unda bosh rolni ham ijro etgan Rametov maqsad — «o‘zbek kinosi rivojiga hissa qo‘shish» ekanini ta’kidlaydi va tomoshabin bu filmni ko‘rish davomida «telefoniga chalg‘imasligi kerakligi»ni aytadi.
Aziz Rametov jurnalist Feruz Muhammadga bergan intervyusida suratga olish ishlari qanchalik mashaqqatli kechgani haqida so‘zlab berdi.
«Tasvirga olish ishlari besh yil avval AQShda boshlangan edi»
Filmni tayyorlash jarayoni 2012 yil AQShga safarimiz vaqtida boshlangan edi. Tasvirga olish jarayonida eng qiynalgan nuqtamiz kompyuter grafikasi bo‘ldi.
Filmda jang sahnalarini Narimon Sultonxo‘jaev suratga oldi, drama epizodlariga Bahrom Berdiev operatorlik qildi, boshqa bir jarayonlarni Jasur Shametov hamda Shuhrat Mavlonov s’yomka qilib berdi.
Har bir yo‘nalishga, epizodga o‘sha yo‘nalishning mohir operator va montajchilarini jalb qilganimiz uchun ham filmning tayyor bo‘lishiga uzoq vaqt ketdi. Dramaturgiya masalasida ham ko‘p qiyinchiliklarga uchradik, ularni Tohir Malik, Rixsivoy Muhammadjonov singari ustozlarimiz orqali engib o‘tdik.
«Film uchun uchta mashinamni sotdim»
Bu filmni suratga olish uchun nafaqat ko‘p vaqt, balki ko‘p pul sarflangani rost. Lekin buning uchun, mish-mishlarda aytilganidek, uyimizni garovga qo‘yganimiz yo‘g‘u, ammo uchta mashinamni sotdim.
Bundan tashqari, Moskva suratga olinayotgan filmlarda katta gonorar evaziga suratga tushaman — o‘sha mablag‘larni ham «Arslon izidan»ni suratga olish uchun tikdim. Dubay, Istanbulda olingan sahnalarga hamkorlarimiz homiylik qilishdi.
«Badiiy kengash mening filmimni eng yaxshi deb baholadi»
Film o‘ziga ishlatilgan pulni oqlay olmasa, rejissyorlikni davom ettiramanmi yoki yo‘q? Avvalo, «Arslon izidan» pul topish maqsadida suratga olinmagan.
Asosiy maqsad — yaxshi film suratga olish va o‘zbek kinosi rivojiga hissa qo‘shish. Badiiy kengash a’zolari yil davomida ko‘rgan 42 kartina orasida mening filmimni eng yaxshi, deb baholadi.
«Arslon izidan» tomoshabinni ziyrak bo‘lishga chorlaydigan film — bir daqiqa telefoniga yoki boshqa bir narsaga chalg‘isa, nima bo‘lganini, film maqsadini tushunmay qolishi mumkin.
«Kinoprokat tarmog‘i yo‘lga qo‘yilishi kerak»
Bugun kunda ko‘plab filmlar o‘ziga ishlatilgan pulni ham oqlab bera olmayotgani, hozirgi kinoprokatning ahvolidan xabarim bor, lekin, nima bo‘lganda ham yaxshi niyat qilib qolaman. O‘zbekistonda kinoprokat tarmog‘i yo‘lga qo‘yilishi haqida eshitib, juda xursand bo‘ldim.
Agar shunday tarmoq yo‘lga qo‘yilsa, menimcha, deyarli har bir film o‘z byudjetini oqlaydi. Bundan tashqari, videoqaroqchilarga qarshi kurashish bo‘yicha tashabbuslar ham ro‘yobga chiqarilsa, bu milliy kinodagi ko‘plab muammolarning echimi bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi