Shahrizoda Madaminova 22 yoshni qarshi oldi (video)

Shahrizoda Madaminova 22 yoshni qarshi oldi (video)

Aktrisa va model Shahrizoda Madaminova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 22 yoshni qarshi olganini ma’lum qildi. U tavallud ayyomi munosabati bilan video ulashib, unga samimiy izoh ham qoldirdi.

"Hayotimning 22-yili boshlandi. Allohga shukur. Men bilan birga bo‘lgan, doimo qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat", — deb yozdi Shahrizoda.

Modelning ushbu posti qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortdi. Izohlarda ko‘plab kuzatuvchilar uni tavallud ayyomi bilan tabriklab, baxt, sihat-salomatlik, yangi yutuqlar va ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda.

Ma’lumot uchun, Shahrizoda Madaminova 2004 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. U san’at maktabida tahsil olgan bo‘lib, modellik faoliyatini 2020 yilda boshlagan. Shu kungacha Livan, Turkiya, Ozarbayjon va Qozog‘istonda o‘tkazilgan qator xalqaro go‘zallik tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, "Osiyo go‘zali" unvoniga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u Madam's modellik agentligining asoschisi va rahbari sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar