«Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Suyunchi» filmlaridagi rollari bilan tanilgan Noila Toshkenboyeva 83 yoshda

«Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Suyunchi» filmlaridagi rollari bilan tanilgan Noila Toshkenboyeva 83 yoshda

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli aktrisa Noila Toshkenboyeva 22 sentyabr kuni 83 yoshni qarshiladi.

San’atkor 1943 yil 22 sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. U ko‘p yillar davomida Abror Hidoyatov nomidagi drama teatri hamda O‘zbek milliy akademik drama teatri sahnalarida samarali faoliyat yuritgan.

Noila Toshkenboyeva o‘zbek kinosi va teatr san’ati rivojiga munosib hissa qo‘shib, bir qator mashhur film va seriallarda turli obrazlarni gavdalantirgan. Jumladan, aktrisani «Kelinlar qo‘zg‘oloni», «Suyunchi», «To‘ylar muborak», «Katta oyi», «Vatan» va «Tutash taqdirlar» kabi asarlarda ko‘rish mumkin.

San’atkorning ko‘p yillik mehnati «Mehnat faxriysi» hamda «Do‘stlik» ordeni kabi mukofotlar bilan e’tirof etilgan.

Fursatdan foydalanib, Noila Toshkenboyevani tavallud kuni bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, mustahkam sog‘lik-salomatlik tilaymiz.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar