Mirjalol Nematov yangi taronasidan qisqa parchani e’lon qildi (video)

Mirjalol Nematov yangi taronasidan qisqa parchani e’lon qildi (video)

Xonanda Mirjalol Nematov yangi qo‘shiq ustida ishlayotganini ma’lum qildi. U Instagram sahifasida yangi taronadan qisqa parcha joylashtirib, uni yaqin kunlarda to‘liq taqdim etishini aytdi.

«Hozircha shu joyini tinglab turinglar. Tez kunda premyera», — deb yozdi xonanda videolavha ostiga.

Qisqa parchadan kelib chiqib, yangi tarona «Lola» deb nomlanishi taxmin qilinmoqda. Bir necha soniyalik lavhaning o‘ziyoq muxlislar orasida qiziqish uyg‘otgan. Izohlarda foydalanuvchilar qo‘shiqni iliq kutib olib, premyera sanasini intiqlik bilan kutayotganini yozishgan.

Mirjalol Nematovning avvalgi bir qator kliplarida aktrisa Zarina Yo‘ldosheva ishtirok etgani bilan muxlislarga tanish. Bu safar esa xonanda yangi videoklipda aktrisa Nozanin G‘afforova bilan hamkorlik qilgan.

Yangi qo‘shiq qachon to‘liq taqdim etilishi hozircha aniq ma’lum qilinmagan.

Sizga Mirjalol Nematovning yangi taronasidan ushbu qisqa parcha manzur bo‘ldimi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar