Saytimiz orqali Otabek Mutalxo‘jaevning “Bombey-Mumbay” hamda Sardor Mamadalievning “Omon yor” nomli qo‘shiqlariga ishlangan videokliplar telekanallar efirlaridan olib tashlangani haqida ma’lum qilgan edik.
Odatda kliplar teleefirlarga qo‘yilmasa ham, ularni internet orqali taqdim etish mumkin. Ayniqsa, YouTube videoxostingida kliplarni namoyish qilish an’anaga aylangan. Biroq endilikda buning uchun ham “O‘zbekkonsert” davlat muassasasidan ruxsat olish kerak bo‘ladi.
Bu haqda muassasa qoshidagi Maxsus ruxsatnoma (lisenziya) beruvchi tashkiliy boshqarma boshlig‘i Odiljon Abduqahhorov xabar berdi.
Uning aytishicha, mazkur qaror 1 iyuldan boshlab kuchga kiradi. Kliplarni YouTube’ga joylashtirish huquqini beruvchi maxsus badiiy kengash tuziladi. Kengash o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan shoirlar, bastakorlar, klipmeykerlar, rejissyorlar va boshqa ijodkorlardan iborat bo‘ladi. Ular barcha yangi kliplarni ko‘rib chiqib, muhokama qilishadi va xalqona aytganda “saragini sarakka, puchagini puchakka” ajratishadi. Kengashning aniq tarkibi 1 iyul kuni ma’lum qilinadi. Qayd etilishicha, a’zolar vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi.
“Bundan asosiy maqsad o‘zbekona urf-odatlarga xos bo‘lmagan, mentalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan, bachkana kliplarning chiqib ketishini oldini olishdan iborat”, dedi Odiljon Abduqahhorov.
Shuningdek, kliplarini rasmiy ruxsatsiz internetga joylagan san’atkorlarning lisenziyasi bekor qilinishi mumkin.
Albatta, har yaxshining bir yomoni bor deganlaridek, bu orqali bir tarafdan turli bema’ni qo‘shiq va kliplar tarqalishining oldi olinsa, ikkinchi tomondan esa klipni suratga olish uchun sarflangan mablag‘ kuyib ketadi. Shuning uchun ham yangi qarorni yoqlovchilar bilan bir qatorda qoralovchilar ham topiladi.
Sarflagan xarajatlariga kuyib qolishni istamagan xonandalar klip olishdan avval maxsus badiiy kengash bilan maslahatlashsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi