Asal Shodiyeva Parij kuzidan taassurotlarini muxlislari bilan bo‘lishdi (video)

Aktrisa Asal Shodiyeva ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida sayohat qilmoqda. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida safar davomida olingan surat va videolarni muxlislari bilan bo‘lishdi.
Aktrisa, xususan, mashhur Eyfel minorasi qarshisida suratga tushgan. U e’lon qilgan lavhalariga «Bu biz bo‘lishimiz mumkin edi — sen va men. Parijda kuz juda go‘zal», deya izoh qoldirgan.
Shodiyevaning ushbu postida turmush o‘rtog‘i ko‘rinmagani ham e’tibor tortdi. Aktrisa Parijga kim bilan borgani yoki sayohatni yolg‘iz davom ettirayotgani haqida qo‘shimcha ma’lumot bermagan.































Izohlar 0
…