Bu aktyor 2011 yili ekranda buyuk turk sultoni Sulaymon I obrazida namoyon bo‘lgandi. Sultonning rafiqalari va farzandlari bilan kechgan hayoti hamda taxt atrofidagi xiyonatlar haqida hikoya qiluvchi serial aktyorni butun dunyoga tanitdi.
Xalit Ergench bu loyihada to‘rt yil davomida bosh qahramonni ijro etib keldi va aynan shu teleserial uni xalqaro miqyosdagi kinoyulduzga aylantirdi. O‘zining ta’kidlashicha, Xalit tushlarida ham bir necha marotaba o‘zini sulton Sulaymon qiyofasida ko‘rgan ekan. Umuman olganda, bu bejizga emas. Sababi, aktyor rolni nafaqat qoyillatib ijro etdi, balki unga singib ketdi.
Xalit Ergench 1970 yilning 30 aprelida Turkiyaning Istanbul shahrida dunyoga kelgan. Xalit Otaturk nomidagi liseyda ta’lim oladi. Liseydan so‘ng Istanbul texnika universitetiga o‘qishga kiradi. Universitetda dengiz texnikasini o‘rganadi. Lekin bir yildan so‘ng umuman boshqa kasbni tanlab qo‘yganini his etadi va universitetni tashlab ketadi. Keyinroq Me’mor Sinan nomidagi universitetga kirib, operadan saboq oladi. O‘qish bilan bir qatorda Xalit kompyuter operatori, marketolog, Oysha Pekkan va Leman Sam kabi mashhur turk xonandalarining bek-vokalchisi bo‘lib ishlaydi.
1996 yili Xalit debyut loyihalari ustida ishlaydi. U bir paytning o‘zida bir nechta loyihada ish boshlaydi. Katta umid berayotgan aktyorni «Dormen» teatriga ishga qabul qilishadi. Aynan shu teartda «Qirol va men» myuziklida birinchi bosh rolini o‘ynaydi. Shu yilning o‘zida Xalit televideniega ishga kirib, «Shirin qizlar» serialida suratga tushadi. Ushbu loyiha yaxshi natijaga erisha olmaydi. Ammo shu yili Xalit yana bir «Qora farishta» serialida suratga tushadi va tez orada mashhur bo‘lib ketadi.
Xalit televideniedagi ishi bilan teatrdagi faoliyatini birday omadli olib boradi. Ikkita serial hamda bir nechta teatr postanovkalarida suratga tushgach, Xalit 1998 yili AQShga yo‘l oladi. Xalit Nyu-Yorkda yashab, «Zakning sarguzashtlari» myuziklida ishtirok etadi.
Ammo AQShda uzoq qola olmay, Turkiyaga qaytadi va yana televidenieda suratga tutishni boshlaydi. 1999 yildan 2004 yilga qadar aktyor bir qancha filmlarda rol ijro etadi.
2005 yili «Mening otam va o‘g‘lim» seriali ekranga chiqadi. Bu Ergenchning yuqori reytingli birinchi loyihasi bo‘ladi. Ammo loyiha Xalitga unchalik ham shuhrat keltirmaydi. Sababi, serialda Ergench ikkinchi plandagi rolni talqin etgandi.
2006 yili Xalit ishtirokida «1001 kecha» seriali ekranga chiqadi. Bu Xalit ijodidagi birinchi bosh rol bo‘ladi. Ko‘p qismli drama to‘rt yil davomida ekranlarda namoyish etiladi.
«1001» kechadan so‘ng Xalitning ijodi yuksaladi. 2009 yili «Achchiq muhabbat», 2010 yili «Bizning dars: Otaturk» filmlarida bosh rollarni ijro etadi. 2011 yili esa «Muhtasham yuz yil» serialida bosh rolga tasdiqlanadi. Serial ssenariy muallifi hamda prodyuserining so‘zlariga qaraganda, loyiha haqida bosh qotirishni boshlashganida, hali kartina ssenariysi ham bo‘lmaganida ular sulton roliga hech bir ikkilanishlarsiz Xalitni mo‘ljallashgan ekan. Ammo kartina ekranga chiqishi arafasida Xalit ham, boshqa rol ijrochilari ham olamshumul shuhratga erishishlari haqida bilishmagan bo‘lsa ajab emas.
«Muhtasham yuz yil» tez orada butun turk xalqining faxriga aylanadi. Serialni dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida namoyish etiladi.
2011 yili Xalit Ergench «Mehmon» filmida suratga tushdi. Sulton Sulaymon suratga olib bo‘lingach, Xalit «Ali va Nino» (2016) hamda «Qizil Istanbul» (2017) filmlarida suratga tushdi. Hozirda aktyor ishtirokidagi «Sen mening vatanimsan» seriali namoyish etilmoqda.
ShAXSIY HAYoTI
2008 yili Xalit Ergench teleboshlovchi va aktrisa Gizem Soysal bilan oila quradi. Ular baxtli hayot kechirishga harakat qilishadi. Lekin bu nikoh uzoqqa bormaydi. Oradan yarim yil o‘tgach, juftlik ajrashishga qaror qiladi. Bu ajrim Xalitga 180 ming dollarga tushadi.
2009 yili esa aktyor aktrisa Bergyuzar Korel bilan oila quradi. Mish-mishlarga qaraganda, aktyorning Bergyuzar bilan bo‘lgan ishqiy munosabatlari tufayli ham Gizem bilan oilasi buzilgan emish. Ammo nima bo‘lgan taqdirda ham, hozirda Xalit va Bergyuzar baxtli hayot kechirmoqda. 2010 yilning 9 fevral kuni juftlik o‘g‘il farzand ko‘rishdi va unga Ali deb ism qo‘yishdi.
Bergyuzar Xalitdan 12 yosh kichik.
Bergyuzar Korel ancha sirli ayol. Kam intervyu beradi. «Muhtasham yuz yil» serialida epizod rolda suratga tushgan. Tadbirlarda turmush o‘rtog‘ining yonida jilmayib turadi. Bergyuzar turmush o‘rtog‘ining kasbini juda yaxshi tushunadi. Shu sabab bo‘lsa kerak, Xalit rafiqasini qattiq sevadi va ular hozirda baxtli hayot kechirishmoqda.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”