
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilovaning oilasi og‘ir yo‘qotishga yuz tutdi. Bugun, 29 iyun kuni yarim tunda xonandaning otasi Rustam Qobilov tuyqusdan vafot etdi. Bu haqda saytimizning ishonchli manbalari xabar bermoqda.
Ma’lum qilishlaricha, dafn marosimi bugun peshin namozi vaqtida o‘qiladi.

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ziyoda Qobilovaning san’at sohasida o‘z o‘rnini topishida otasining ma’nan qo‘llab-quvvatlashi juda katta rol o‘ynagan. Xonanda qo‘shiqlarining birinchi tinglovchisi, tanqidchisi aynan otasi ekanini ko‘p takrorlardi.
Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Ziyoda Qobilovaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing