Zamonaviy texnik vositalardan biri bo‘lgan mobil aloqa apparati, ya’ni qo‘l telefoni bugungi kunda faqat uzog‘imizni yaqin qilish uchungina emas, balki boshqa foydali jihatlari bilan ham aholining barcha qatlamiga ma’qul kelgan. Zamonaviy eng so‘nggi rusumdagi qo‘l telefonlarining imkoniyatlari cheksizdir. Birgina apparat yordamida suratga olish, videotasvirga tushirish, ovoz yozish, internetga ulanish, ma’lumot yig‘ish va tarqatish funksiyalari deyarli barcha soha xodimlarining og‘irini yengil qildi.
Masalan, jurnalist uchun zamonaviy qo‘l telefoni diktofon, fotoapparat, videokamera o‘rnini bosa oladigan beqiyos yordamchiga aylangan. Jamoat transporti haydovchilari ham mazkur apparat yordamida reyslar orasidagi masofa va vaqt tafovutini belgilashda foydalanadilar. Barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirishda ham qo‘l telefonining o‘rni beqiyos.
Zamonaviy muhandislik tizimi tavsiya etayotgan mazkur qulayliklarning barchasi odamlar og‘irini yengil qilish, turmush farovonligini oshirish maqsadlariga qaratilgan. Ammo qo‘l telefonidan foydalanishning o‘ziga yarasha tartibi mavjudki, ularni bilib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi. Masalan, notanish odamlarni o‘zlarining ruxsatisiz suratga olish, tasvirga tushirish, ovozini yozib olish, hatto ba’zi ob’ektlarda qo‘l telefonidan foydalanish umuman taqiqlanadi.
Jamoat transportlari, teatr, kinoteatr, muzey, kutubxona, shifoxona binolari ichida qo‘l telefoni orqali zaruratsiz uzoq suhbatlashish o‘ta madaniyatsizlik belgisidir.
Shuningdek, o‘zingiz ko‘rib-bilib tanishmagan odamlarning qo‘l telefoniga (hatto zarur bo‘lgan holatlarda ham) qo‘ng‘iroq qilish madaniyatsizligingizni bildiradi. Qo‘l telefoni egasi o‘zi raqamini sizga yuborib, qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘rashi bundan mustasno holat, albatta. O‘zingiz tanimagan va sizni tanimagan odamlar bilan muloqot qilishning eng samarali usuli bu yuzma-yuz ko‘rishishdir.
O‘ta zarurat yuzasidan sizni tanimagan kishi bilan qo‘l telefoni orqali muloqot qilishingiz lozim bo‘lsa, suhbat boshida o‘zingizni tanishtirishingiz va uni ortiqcha bezovta qilmayotganingizga amin bo‘lishingizni tavsiya etamiz. Chunki suhbatdoshingiz ayni paytda majlisda, bemor yonida yoki yana boshqa bir zarur ish bilan band bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Birovning qo‘l telefoni raqamini adashib tergan holatingizda uzr so‘rang. Shuni unutmangki, siz ixtiyorsiz ravishda bezovta qilgan inson og‘ir betob yoki tushkun kayfiyatda bo‘lishi mumkin. Shunday vaziyatda sizning qo‘polligingiz yoki befarq munosabatingiz uning dilini og‘ritadi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi