10 251
Video: Shahzoda Muhammedova va Dilorom Omonullaeva mojarosi “O‘zbekiston” telekanalida ko‘rsatildi
Avvalroq, xususiy filmlardagi rollari bilan yaxshiga tanilgan aktrisa Shahzoda Muhammedova O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi professori Dilorom Omonullaevani haqorat qilgani, uni razil inson, ruhiy kasal, deb ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozgani bilan bog‘liq mojaro “O‘zbekiston” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Uchburchak” tok-shousida muhokamaga qo‘yilishi haqida xabar bergan edik.
Jurnalistlar Nozima Vohidova va Nilufar Umrzoqova muallifligidagi mazkur ko‘rsatuv teledasturlar ro‘yxatida belgilangan vaqtda – 20 iyul kuni soat 20:05 da efirga uzatilmadi. Bunga telekanal ijodkorlari ham, ko‘rsatuv mualliflari ham aniqlik kiritgani yo‘q. Dasturning ushbu soni 22 iyul kuni soat 22:00 da efir yuzini ko‘rdi.
Unda Shahzoda Muhammedova va Dilorom Omonullaeva mojarosiga haminqadar yondashilgan lavha efirga uzatildi, biroq ko‘rsatuv ishtirokchilari muhokamasiga qo‘yilgani yo‘q. Ushbu ko‘rsatuvdan o‘rin olgan lavhani tahririyatimizga bo‘lgan murojaatlarni inobatga olgan holda YouTube’dagi rasmiy kanalimizga joylashtirdik.
Mazkur lavhada O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchieva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulova, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Bastakorlik va cholg‘ulashtirish kafedrasi mudiri, dosent, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Oydin Abdullaeva, “Nihol” mukofoti sovrindori Madina Mumtoz bo‘lib o‘tgan voqealar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishgan.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi