Bugun, 9 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev videoselektor o‘tkazdi. Unda vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etgan.
Yig‘ilishda ishtirok etgan “Qalampir.uz” manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimiga 2012 yildan buyon O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgan Baxtiyor Sayfullaevich Sayfullaev tayinlangan.
Baxtiyor Sayfullaev 1974-2002 yillarda Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat instituti o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, fakultet dekani, prorektori, 2002-2005 yillarda sobiq Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at instituti rektori, 2005-2012 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining Madaniyat ishlari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U professor ilmiy darajasi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi san’at arbobi unvonlari bilan mukofotlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 fevral kuni “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tashkil etildi. 24 fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori Mahmud Murodov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlangandi. Ayni damda Mahmud Murodovning qaysi lavozimga o‘tkazilgani haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Madaniyat vaziri bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori lavozimida ham faoliyat yuritadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi