15:21 / 12.08.2017
31 701

Kuz mavsumi modasi: qanday kiyimlar urfga kiradi?

Kuz mavsumi modasi: qanday kiyimlar urfga kiradi?
Kuz mavsumi boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Odatda qizlar va ayollar kiyim borasida deyarli har doim muammolarga duch keladilar. Mazkur maqola orqali 2017-2018 yillarning kuz-qish mavsumida liboslarda urf bo‘ladigan detallar haqida ma’lumot beramiz. Bu ma’lumotlar ayniqsa, modaga amal qilib yashovchilarga asqotishi aniq.

Kostyum-shim. Agar siz klassik turdagi liboslarni sevsangiz, kuz mavsumining asosiy modasi siz uchun ayni muddao bo‘ladi. Asosan keng bichimdagi kostyum va shimlar urfda. Ranglar borasida esa oq, qora, to‘q ko‘k, kulrang ommalashadi.

“Leopard” trendi. Bir ncha yillar avval ommalashgan mazkur turdagi ustki kiyimlar yana urfga kirishi kutilmoqda. Agar qomatingizga mos tushsa, yovvoyi hayvon printi tushirilgan ko‘ylaklarni ham bemalol kiyishingiz mumkin.

Charm liboslar. So‘nggi yillarda charmdan tikilgan liboslar yana urfga kirib bormoqda. Bu yil kuzda ham charmdan tayyorlangan kiyimlar ommalashishi aniq. Charmdan tikilgan kombinezon, ko‘ylaklar, shim, yubkalarni velvet kiyimlar bilan moslashtirish mumkin. Qora, kumushrang, qizil rangdagi charm ommalashadi.

Katak printli matolardan tikilgan ustki kiyimlar. Kuz mavsumida istalgan fasondagi paltolar urfda bo‘ladi. Mutaxassislar to‘laroq qomatga ega qizlarga katak printli kiyimlar kiymaslikni tavsiya etishadi. Bunday kiyim qomatni yanada kattalashtirishi mumkin.

Mo‘ynali kiyimlar. Oddiy mato bilan mo‘ynaning mos ravishda tikilishi libosga o‘zgacha ko‘rinish beradi. Ayniqsa, setka bilan mo‘ynaning birikmasi jahon moda olamida ancha ommalashishga ulgurgan.

Bejirim kashta. Bu yil yoz mavsumida kashta sifatida to‘qilgan gul hoshiyalar tushirilgan koftalar, ko‘ylaklar ancha ommalashdi. Kuz mavsumida ham bu trend davom etadi. Shimlardagi kashtalar ham kuzga yorqinlik bahsh etishi aniq.

Kaltalashtirilgan shimlar yoki kyulotlar. Shuningdek, lampaslar ham kuz mavsumida urfga kirishi kutilmoqda. Lampas shimlarning yon tarafidagi chiziqlar bo‘lib, bugungi kunda ular alohida boshqa matodan ham tikilishi mumkin.

Vodolazkalar. Har kun uchun mo‘ljallangan universal bu kiyimlar shim, nimcha, pidjak, kardigan bilan moslashtirish mumkin.

Baland etiklar. Oyoq kiyimlar ham ustki kiyimlar singari har mavsumda o‘zgaradi. Baland etiklar bilan har kungi obrazni ham yoki bayramona obrazni ham yaratish mumkin.

Kumushrang. Kuz mavsumida aynan shu rangdagi istalgan balandlikdagi va poshnali, poshnasiz etiklar, liboslar urfga kiradi.

Uzun qo‘lqoplar. Sovuq tushishi bilan aynan mazkur aksessuar ommalashishi aniq. Ular charm, trikotaj, baxmal, jun kabi matolardan tayyorlanishi mumkin.


Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Kuz mavsumi modasi: qanday kiyimlar urfga kiradi?