6 605
Zahiriddin Muhammad Boburning “Devoni Bobur” qo‘lyozmasi nusxasi O‘zbekistonga topshirildi
Rasmiy tashrif dasturiga binoan 2017 yilning 21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegasiya Dehli shahrida Hindiston Milliy muzeyiga tashrif buyurdi.
Mazkur muzey mamlakatning asosiy tarixiy-badiiy xazinasi hisoblanib, u qadimgi yodgorliklarning boy kolleksiyasi, o‘tmishdagi sivilizasiyalarning arxeologiya boyliklari hamda madaniyat va etnik xilma-xillik eksponatlarini o‘zida jamlagan.
Hozirgi kunda muzeyda 200 mingdan ortiq hind va xorij san’ati namunalari saqlanadi.
Mehmonlar Markaziy Osiyo buyumlariga bag‘ishlangan va mintaqamizning Hindiston bilan bog‘lovchi ko‘p asrlik va samarali aloqalari haqida guvohlik beruvchi maxsus galereya bilan tanishtirildi.
Davlat rahbarining o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy boyliklari namunalarini Vatanga qaytarish to‘g‘risidagi topshirig‘ini bajarish doirasida O‘zbekiston Elchixonasi Hindiston tomoni bilan Milliy muzeyda saqlanayotgan Zahiriddin Muhammad Boburning 1528 yilda yozilgan “Devoni Bobur” qo‘lyozmasining va 1640 yilda chizilgan “Shaxzoda Dori Shikohning to‘y marosimi” miniatyurasining nusxalarini O‘zbekiston tomoniga rasman topshirish masalasini kelishib oldi.
Ekspozisiya bilan tanishib chiqilgach, Hindiston Milliy muzeyi Bosh direktori Budha Rashmi Mani O‘zbekiston delegasiyasiga yuqorida qayd etilgan qo‘lyozma va miniatyura nusxalarini rasman topshirdi. Ular O‘zbekiston Davlat tarix muzeyiga joy oladi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi