
Bugun poytaxtdagi «Istiqlol» saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yosh iste’dodlar uchun ta’sis etilgan «Nihol» mukofotining yangi sohiblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
2016 yilning oktyabr-noyabr oylarida «Nihol» mukofoti tanlovining tuman (shahar) saralash bosqichlari o‘tkazilgandi. Unda 13 ming nafardan ortiq ijodkor yosh o‘z mahoratini namoyish etdi.
Ushbu bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tgan eng munosiblar respublika bosqichida mumtoz qo‘shiq, musiqa ijrochiligi, estrada, opera ijrochiligi, raqs san’ati yo‘nalishlarida o‘z musiqiy dasturini «Nihol» mukofoti respublika kengashi a’zolari, mutaxassislar va ekspertlar, keng jamoatchilik, san’at ixlosmandlari e’tiboriga havola etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar