
Gollivud aktyori Leonardo di Kaprio «Xarvi» to‘fonidan jabrlanganlarga ko‘mak berish jamg‘armasiga 1 million dollar xayriya qildi, Bu haqda «TASS»ga tayanib «Daryo» nashri xabar berdi.
Di Kaprio mazkur mablag‘ni o‘zi yaratgan xayriya jamg‘armasi orqali ko‘chirib o‘tkazgan.
Di Kaprio avval ham tabiiy ofatlardan jabrlanganlarga yordam berish uchun ko‘p marta xayriyalarni amalga oshirgan. Xususan 2010 yilda Gaitidagi zilziladan, 2012 yilda «Sendi» dovulidan jabr ko‘rganlarga yordam qo‘lini cho‘zgan.
So‘nggi kunlarda amerikalik ko‘plab mashhurlar «Xarvi»dan jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ xayriya qilmoqda. Ular orasida aktrisa Sandra Bullok, model Kim Kardashyan, qo‘shiqchi Beyonse, aktyor Kevin Xart bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar