
Janubiy Koreyaning Geosong xalq qo‘shiqlarini saqlash fondi jamoasi «Sharq taronalari» XI musiqa festivalida hakamlar hay’ati tomonidan birinchi o‘ringa munosib deb topilgan edi, ma’lum qiladi Daryo.uz.
Fond jamoasi hamda BAAdan tashrif buyurgan Amir Ja’far O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga tashrif buyurdi va talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, cholg‘u asboblari bilan tanishdi.

Ular konservatoriyaning iqtidorli talabalarining salohiyatinni o‘stirish, rag‘batlantirish uchun «Sharq taronalari» festivalida qo‘lga kiritgan 7 ming dollarni hamda Amir Ja’far hisobidan ming dollarni, jami 8 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘ini konservatoriyaga sovg‘a qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar