Rossiyalik qo‘shiqchi Dima Bilanning uyi tunab ketildi

Rossiyalik qo‘shiqchi Dima Bilanning uyi tunab ketildi
Rossiyalik qo‘shiqchi Dima Bilanning uyi tunab ketildi

Polisiya pop ijrochi Dima Bilanning Podmoskovyening Rasskazovka qishlog‘ida joylashgan uyining tunab ketilganligi holati bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Bu haqda «Gazeta.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar beradi.

Poytaxt politsiyasi matbuot xizmati rahbari Andrey Galiakbarovning ma’lum qilishicha, hodisa Moskva vaqti bo‘yicha 1:00 da sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan tergovchilar uy egasi va qo‘riqchini so‘roq qildi, hodisa joyini ko‘zdan kechirdi, buzib ochish belgilarini qayd etdi hamda barmoq izlarini oldi.

Hozirda o‘g‘rilik sodir etilgan vaziyat aniqlashtirilmoqda va o‘g‘irlangan buyumlar ro‘yxati tuzilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar